Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva N. “Yangibog‘” mahallasida fuqarolar bilan ishlash va ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan deputatlik faoliyati doirasida navbatdagi uchrashuvda ishtirok etdi.
👮♀️Uchrashuv profilaktika inspektori xonasida tegishli xodim bilan hamkorlikda o‘tkazilib, unda xotin-qizning murojaati tinglandi hamda uning huquqlari, yordam so‘rab murojaat qilish tartibi va muammoli vaziyatlarda ko‘rilishi mumkin bo‘lgan himoya choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
⚖️Deputat Voropayeva N. fuqaroga uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
🤝Mazkur uchrashuv deputatning aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolar muammolarini o‘rganish va ularning qonuniy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy faoliyatining navbatdagi ko‘rinishi bo‘ldi.
Bizni kuzatishda davom eting!