35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

 KENGASH QARORLARINI YURITISH AMALIYOTI O‘RGANILDI

❇️ Mahalliy Kengashlarning o‘zaro tajriba almashishini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafigi asosida Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati vakillarining Guliston shahar Kengashiga tashrifi davomida Kengash qarorlarini yuritish amaliyoti o‘rganildi.

📚 Tashrif jarayonida Kengash qarorlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, ro‘yxatga olish, tegishli tartibda ijrosini nazorat qilish bo‘yicha amaliy tajribalar bilan tanishildi.

📌 Shuningdek, qabul qilingan qarorlarni mas’ul ijrochilarga yetkazish, ularning ijro natijalarini hujjatlashtirish hamda tegishli hujjatlarni shakllantirish tartibi yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashildi.

✅ O‘rganishda qarorlar bilan ishlashda samarali ish usullari muhokama qilinib, ilg‘or tajribalarni Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati faoliyatiga joriy etish bo‘yicha tegishli xulosalar olindi.

Slide 1 of 4