Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
O‘simliklarni himoya qilish – qishloq xo‘jaligi barqarorligining muhim omili

O‘simliklarni himoya qilish – qishloq xo‘jaligi barqarorligining muhim omili

O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni o‘simliklarni kasalliklar, zararkunandalar va begona o‘tlardan himoya qilish, fitosanitariya xavfsizligini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan sifatli va mo‘l hosil olishga qaratilgan.

Mazkur Qonun:
🔹 o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
🔹 o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan xavfsiz va oqilona foydalanishni tartibga soladi;
🔹 qishloq xo‘jaligi ekinlari va tabiiy o‘simlik dunyosini zararkunandalar hamda kasalliklardan muhofaza qilish choralarini belgilaydi;
 🔹fitosanitariya tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirishning huquqiy asoslarini mustahkamlaydi;
🔹 ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi.
Mazkur Qonunning hayotga izchil tatbiq etilishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va agrar sohani barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 6-iyunda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2023-yil 24-avgustda ma’qullangan.