Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Kotib

Ma’lumki, yurtimizda xotin-qizlarning va bolalarning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, salomatligini mustahkamlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilishning huquqiy kafolatlari yaratilgan bo‘lib, u zamon talabi asosida takomillashtirib borilmoqda.

Zero, sog‘lom oilani shakllantirish orqali jamiyatda yuksak ma’naviy-axloqiy muhitni qaror toptirish, oila mustahkamligini ta’minlash hamda uning manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bola tug‘ilishi va uni tarbiyalash masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

O‘zbekiston “Ekologik” partiyasi a’zosi, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Shoxida Nasridinova “Oltintepa” mahallasi xotin-qizlar faolining chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo‘lib o‘tgan hisobot uchrashuvida ishtirok etdi.

“Oltintepa” mahallasi xotin-qizlar faoli xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, yechim topish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida mahallada chorak davomida amalga oshirilgan ishlari haqida gapirdi.

Shundan so‘ng deputat ishtirokchilar bilan mahalla xotin-qizlar faolining mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, mahalla ijtimoiy xodim va soliq inspektori bilan bevosita hamkorlikdagi vazifalari haqida suhbatlashdi.

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralari belgilandi.

Slide 1 of 3