Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
#tashrifga_munosabat
#tashrifga_munosabat

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlanmoqda.

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan oqilona siyosatning yana bir yorqin namunasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifini katta mamnuniyat bilan e’tirof etaman.

Ko‘p yillar hayot yo‘lini bosib o‘tgan inson sifatida shuni chuqur his qilamanki, davlatlar o‘rtasidagi totuvlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik har qanday taraqqiyotning mustahkam poydevoridir. Ushbu tashrif davomida erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirib, kelajak avlodlar uchun ham katta imkoniyatlar yaratishiga ishonaman.

Bugungi kunda O‘zbekistonimiz dunyo davlatlari bilan do‘stona va manfaatli hamkorlikni kengaytirib borayotgani qalbimizga faxr va ishonch bag‘ishlaydi.

Men, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati sifatida emas, balki yurt taraqqiyotidan quvonadigan keksa avlod vakili sifatida ushbu tashrif natijalarini qo‘llab-quvvatlayman. Zero, har bir ezgu kelishuv, har bir mustahkam aloqa xalqimizning farovon hayoti va Vatanimizning yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash