Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
"O‘zbekiston" mahallasida xotin-qizlar tadbirkorligi va tikuvchilik faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda!
Ushbu tikuvchilik yo‘nalishi mahalladagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb qilish borasida hokim yordamchisining amaliy ko‘magi bilan yo‘lga qo‘yilgan namunali loyihalardan biridir.

Deputat va hokim yordamchisi ish jarayonini ko‘zdan kechirib, hunarmand fuqaro bilan dildan suhbatlashdilar. O‘zaro muloqot davomida quyidagilar muhokama qilindi:

Tadbirkorlikni kengaytirish istagi: Fuqaro tikuvchilik faoliyatini yanada kengaytirish, buyurtmalar hajmini oshirish va mahalladagi yana bir necha nafar ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash niyatida ekanligini bildirdi;

Ssuda asosida dastgohlar olish: Hunarmand ayol o‘z faoliyatini kengaytirish uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda, ssuda asosida qo‘shimcha zamonaviy tikuvchilik dastgohlarini (uskunalarini) olishligini bildirdi.

Deputat M.Ruziyeva mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan ushbu tashabbusni yuqori baholadi.

"Mahallada birgina xotin-qizning tadbirkor bo‘lishi — bir nechta oilaga barqaror daromad, mahallaga esa qut-baraka olib kiradi. Bunday intiluvchan hunarmandlarimizni qo‘llab-quvvatlash biz deputatlar va hokim yordamchilarining birinchi galdagi vazifasidir," — dedi deputat M.Ruziyeva.
Slide 1 of 2