Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi qizlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Intellektual bellashuv davomida ishtirokchilar tarix, adabiyot, ilm-fan, madaniyat, huquq va zamonaviy bilimlarga oid turli savollar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bahslar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllandi.

Tadbir yakunida yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, ularning iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi hamda bunday ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Musobaqa so‘ngida faol ishtirok etgan jamoalar va ishtirokchilar munosib rag‘batlantirilib, ularga kelgusidagi ta’lim va intellektual faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2