Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Chiqindilar to‘g‘risidagi qonun ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan o‘ziga biriktirilgan Qo‘qon shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokamada bo‘lim boshlig‘i S.Sultonov hamda Ekologiya nazorati (ekopolitsiya) xodimlari ishtirok etib, hududda chiqindilarni to‘plash, tashish va belgilangan tartibda utilizatsiya qilish, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish hamda ekologik nazoratni kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Xususan, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, maishiy chiqindilarni saralash tizimini rivojlantirish, sanitariya holatini yaxshilash, noqonuniy chiqindi to‘planadigan hududlarni bartaraf etish hamda qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda davlat organlari, mahallalar va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ekologik qonunchilik ijrosini samarali ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2