Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
TUMAN HOKIMI VA KENGASH RAISI MAHALLALARDA OCHIQ MULOQOTLARDA ISHTIROK ETDI.

Parkent tumani hokimi, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati Elmurod Po‘latov hamda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi raisi Faxriddin Dadamatov Qirg‘izovul, Navro‘z, Chinorbuloq, Nevich,
Kichikqo‘rg‘on va Cho‘qqayma mahallalarida o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda ishtirok etdi.Uchrashuvlar davomida mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich asfaltlashtirish, elektr ta’minoti tizimini yaxshilash, eskirgan elektr ustunlarini zamonaviy beton tayanchlarga almashtirish hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.Ochiq muloqotlarda mahalla faollari va fuqarolar
tomonidan bildirilgan taklif hamda murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.Mazkur ochiq muloqotlarda Kengash raisining ishtiroki xalq deputatlari Kengashi tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Prezident qarorlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash borasidagi ishlarning izchil davom etayotganidan dalolat beradi.
  

Slide 1 of 4