Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 38-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan:
tuman prokurori F. Yusupov tomonidan tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot eshitildi;

tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil II chorak davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, kriminogen vaziyatni yaxshilash, korrupsiyaning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi;

Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashi sessiyalarida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bog‘ot tumani Xalq qabulxonasi axborotlarini, shuningdek tuman hokimi hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktyabrdagi PQ–347-son qarori ijrosi, xususan kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6