Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati,“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich tomonidan “Kichikqo‘rg‘on” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.Nazorat tadbiri davomida mahalladagi “Mahalla yettiligi” faoliyati hamda hokim yordamchisi O.Obitov
tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.O‘rganishlar natijasida 4 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgani, 48 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangani aniqlandi. Shuningdek, yil boshidan buyon 22 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida jami 480 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani, 71 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani ma’lum qilindi.Bundan tashqari, 11 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mikroloyihalar amalga oshirilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani qayd etildi.Shuningdek, ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan 4 ta oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatilib, ulardan 3 tasiga ssuda, 1 tasiga subsidiya ajratilishiga ko‘maklashildi. Mazkur qo‘llab-quvvatlash choralari oilalarning daromad manbalarini yaratish va ijtimoiy ahvolini yaxshilashga xizmat qilmoqda.Nazorat tadbiri yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 4