Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

Bugungi kunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari va doimiy komissiya a’zolari tomonidan quyidagi qonun hujjatlarini o‘rganish muhim hisoblanadi.

Fuqarolik jamiyati sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

 “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
№O‘RQ-350 | Qabul qilingan sana: 22.04.2013

Mazkur qonun mahallalarning vakolatlarini kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish hamda aholini hududlarni rivojlantirish jarayonlariga faol jalb etishga xizmat qiladi. Bu esa Samarqand shahridagi mahallalar faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
№O‘RQ-443 | Qabul qilingan sana: 07.09.2017

Ushbu qonun fuqarolarning qonunchilik hujjatlari va boshqa huquqiy axborotlardan erkin foydalanish huquqini ta’minlash, huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

№O‘RQ-699 | Qabul qilingan sana: 05.07.2021
Qonun fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlash, diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solish hamda jamiyatda diniy bag‘rikenglik va totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

№O‘RQ-848 | Qabul qilingan sana: 16.06.2023

Mazkur qonun aholining ehtiyojmand qatlamlariga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini joriy etish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlariga fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, mahallalar faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi faoliyatida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.