Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
📌 DEPUTAT SO‘ROVI: “Beshchiqir” mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi

👩‍💼 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Zebo Omonboyevna Polvonova tomonidan saylovchilar murojaatlari hamda hududda olib borilgan o‘rganishlar asosida Shovot tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i I. Qalandarovga deputat so‘rovi yuborildi.
⚡️ Aniqlangan muammo:
🔹 "Beshchiqir" mahallasida elektr tarmoqlari va mavjud transformator quvvati talabga javob bermaydi.
🔹 Elektr energiyasi iste’moli ortadigan vaqtlarda kuchlanish keskin pasaymoqda.
🔹 Elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
🔹 Bu holat aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
🏘 Muammoning asosiy sabablari:
👨‍👩‍👧‍👦 Aholi sonining ortib borayotgani.
🏠 Yangi uy-joylarning foydalanishga topshirilishi.
⚡️ Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning yildan-yilga oshib borayotgani.
📢 Deputat talabi:
✅ "Beshchiqir" mahallasi hududiga quvvati 250 kVA bo‘lgan yangi transformator punktini o‘rnatish choralarini ko‘rish so‘raldi.
📄 Qonunchilik talabi:
🕒 Deputat so‘rovi yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida 10 kun muddatda yozma javob taqdim etilishi so‘ralgan.
🎯 Kutilayotgan natija:
⚡️ Elektr ta’minoti barqarorlashadi.
🏡 Aholi uchun qulay sharoit yaratiladi.
🏢 Tadbirkorlik faoliyati uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
📈 Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.