Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Janubiy mahallasida hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi

Janubiy mahallasida hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xasanova Gulshan Zokirovna, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda ishchi guruh a’zolari tomonidan Janubiy mahallasida hokim yordamchisi Norboyeva Umida Muzrafovnaning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada jami 2233 nafar aholi, 928 ta oila va 828 ta xonadon mavjud. Shundan 1006 nafari ayollarni tashkil etadi. Mahallaning umumiy yer maydoni 29,1 gektarni tashkil qiladi.

Shuningdek, mahallada 8 nafar ishsiz fuqaro mavjudligi, 6 nafar fuqaroning ish bilan ta’minlanganligi qayd etildi. Profilaktika ishlari doirasida 2 nafar fuqaro probatsiya ro‘yxatiga olinganligi, o‘rganish davrida jinoyatlar va ajrim holatlari qayd etilmagani aniqlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar bilan ishlash samaradorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4