Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Payshanba – yoshlar kuni: Yangiobod mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Yangiobod mahallasi raisi A.Qodirov tomonidan Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan mahalla yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlarning ta'lim olishi, bandligini ta'minlash, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Uchrashuv yakunida yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali
foydalanish, bilim va salohiyatini yuksaltirish, mahalla hamda jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shish borasida tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish orqali ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 4