Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Qoziguzar mahallasida yomg‘ir suvlari to‘planishining oldini olishga qaratilgan qurilish ishlari o‘rganildi

Qoziguzar mahallasida yomg‘ir suvlari to‘planishining oldini olishga qaratilgan qurilish ishlari o‘rganildi

📁 Toshkent shahar hokimining 2024-yil 20-martdagi 187-14-0-Q/24-son qarori asosida amalga oshirilayotgan "Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar davrida suv to‘planishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish yuzasidan qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish" loyihasi doirasida Uchtepa tumani Qoziguzar mahallasining 2- va 7-proyezd Guliston ko‘chalarida yangi kollektor quvurlarini yotqizish ishlari olib borilmoqda.

↗️ Mazkur loyiha buyurtmachisi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi bo‘lib, bosh loyihachi "Ravon Loyiha Lux" MChJ, bosh pudratchi esa "Uzwin Future" MChJ hisoblanadi. Loyiha mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.

📈 Qurilish ishlarining borishi bilan tanishish maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyihani o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Slide 1 of 6