Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish — deputat nazoratidagi ustuvor vazifa
#_deputat_faoliyati
#_162_ta_qonun
#_24_ta_masala
Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish — deputat nazoratidagi ustuvor vazifa


Tumanda mahalla boshqaruv tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, hududlarda “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashining "7-Tortuli" saylov okrugidan saylangan deputat M.Ashurov, hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Nasritdinovlar tumandagi “Shabnam” mahallasida bo‘lib, "mahalla yettiligi" faoliyatni tahlil qildilar.

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmoni hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarori ijrosi hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Bu esa har bir deputatning o‘z saylov okrugidagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim faoilyati tahlil qilindi.

Mas’ullar mahalla raisi bilan suhbatlashib, "mahalla yettiligi" vakillarining bugungi kundagi ish faoliyatini tanqidiy tahlil qildilar:

Hokim yordamchisi faoliyati: Mahallada iqtisodiy o‘sish nuqtalarini aniqlash, ishsiz aholini daromadli mehnatga jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi aniq ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi.

Ijtimoiy xodim faoliyati: Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bor shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi hamda ularning ijtimoiy reyestrdagi holati tahlil qilindi.
"Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish bo‘yicha Prezident Farmoni ijrosi — bu shunchaki qog‘ozdagi topshiriq emas, bu — odamlarimizning hayot tarzini o‘zgartiradigan asosiy hujjatdir," — deya ta’kidlandi.
Slide 1 of 3