Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va “Ayollar daftari” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot sessiyada ko‘rib chiqildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, tuman hududida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oilalarni mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 348 nafar xotin-qiz kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilgan, 911 nafar xotin-qizning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, 365 nafar tajribali tadbirkor ayolga xotin-qizlar biriktirilib, “ustoz-shogird” tamoyili asosida manzilli ishlar tashkil etilgan.

Bundan tashqari, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, oilaviy nizolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 104 ta sayyor qabul va 362 ta targ‘ibot tadbiri o‘tkazilgan. Natijada 130 ta oilani yarashtirishga erishilgan hamda fuqarolarning ko‘plab murojaatlari ijobiy hal etilgan.

Hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yarashtirish komissiyalari faoliyati samaradorligi hamda yarashtirish jarayonlarida erkaklar bilan ham alohida tushuntirish va profilaktik ishlar olib borilishi yuzasidan savollar o‘rtaga tashlandi.

Sessiyada erkaklar bilan alohida profilaktik suhbatlar va treninglar tashkil etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada ichki ishlar organlari tomonidan maxsus dasturlar asosida tizimli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinib, mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 7