Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Deputatlik nazorati

Deputatlik nazorati – sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov tuman Kengashining VII chaqiriq 31-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan sessiya oldidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.

Jumladan, Qo‘shko‘pir tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i O. Matqurbanovning 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining ijrosi, kasalliklar profilaktikasi holati, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini har tomonlama va xolis baholash maqsadida tumandagi 23-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi, tibbiy jihozlardan foydalanish holati, dori-darmon ta’minoti hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat siyosati ijrosini ta’minlash hamda sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala bo‘yicha asoslantirilgan xulosa va qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1