Shu asosda Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi Sh.Matchanov tomonidan Bogʻot tumani FHDYO boʻlimi bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qonunchilik ijrosini taʼminlash, fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashilib, aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Doimiy komissiyalar va tashkilotlar oʻrtasidagi samarali hamkorlik hududlarni rivojlantirish hamda dolzarb masalalarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.