Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Xalq manfaati yo‘lida: Fuqarolar qabuli va saylovchilar bilan ochiq muloqot

Xalq manfaati yo‘lida: Fuqarolar qabuli va saylovchilar bilan ochiq muloqot

Uzun tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynayotgan muammolarga joyida amaliy yechim topish borasidagi tizimli ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 6-Obizarang saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Xabibulla Bozorov ishtirokida navbatdagi shaxsiy qabul hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Deputat va saylovchilar uchrashuvi

Dastlab, deputat X.Bozorov "Obizarang" hamda "Yangi shahar" mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

Uchrashuvda mahallalardagi infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligi va ijtimoiy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Suhbat va uchrashuvlar Xalq qabulxonasida fuqarolarning shaxsiy qabuli bilan davom etdi.

26 nafar fuqaroning murojaat va takliflari tinglandi.

7 ta murojaat aynan qabul jarayonining o‘zida, joyida ijobiy hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan qolgan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, deputatlik va hokimlik nazoratiga olindi.
Bizni kuzatib boring va yangiliklardan xabardor bo‘ling!