Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati Z.Karimov tomonidan Rovot mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini eshitish hamda ularning murojaatlariga amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, aholi bandligi va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar muhokama qilindi.
Deputat Z. Karimov tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rilishi va murojaatlar ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mahalla hayotini yana-da yaxshilash bo‘yicha qator takliflarni bildirdilar. Barcha taklif va murojaatlar belgilangan tartibda qayd etilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida xalq bilan doimiy muloqot qilish, aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, xalq ishonchini mustahkamlash hamda hududlarni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3