Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Yoshlar kelajagi va kiberxavfsizlik masalalari doimiy e’tibor markazida

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov hamda tuman Kengashi deputati G.Suvonqulova ishtirokida Birlashgan mahallasida kiberxavfsizlikni ta’minlash va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot yig‘ilishi tashkil etildi.
Tadbir davomida axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, kiberjinoyatlarning turlari, internet firibgarligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlarni turli yot g‘oyalar va salbiy axborot xurujlaridan asrash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, ta’lim va tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilar tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilib, ota-onalar, mahalla faollari va jamoatchilikning hamkorligi muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bilim olishi va kasb-hunar egallashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish har birimizning muhim vazifamiz ekani qayd etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, aholi va yoshlar bilan bu kabi profilaktik uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

🗯Bunday tadbirlar jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kiberxavfsizlikni ta’minlash va yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1