Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Deputat fuqarolarning ijtimoiy himoya masalalariga oid murojaatlarini ko‘rib chiqdi

Deputat fuqarolarning ijtimoiy himoya masalalariga oid murojaatlarini ko‘rib chiqdi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Adolat” SDPdan saylangan “18-Bogʻiston” okrugi deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan Bogʻiston mahallasida "mahalla yettiligi" ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi.

💼 Qabulda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva, 25-oilaviy poliklinika bosh shifokori o‘rinbosari M.Yo‘ldasheva, mahalla ijtimoiy xodimi Z.Maqsudova hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

📝 Qabul davomida Bogʻiston mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.K. uzoq yillardan buyon onkologik kasallik bilan xastalangani, doimiy dispanser nazoratida ekani hamda davolanish uchun zarur dori vositalariga ehtiyoji borligi yuzasidan murojaat qildi.

🩺 Mazkur murojaat yuzasidan 25-oilaviy poliklinika bosh shifokori o‘rinbosari M.Yo‘ldasheva tomonidan fuqaro davlat tomonidan belgilangan tartibda zarur tibbiy xizmatlar va dori vositalari bilan ta’minlanayotgani, uning sog‘ligi doimiy tibbiy nazorat ostida ekani ma’lum qilindi.

📇 Shuningdek, fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritish masalasida murojaat qildi. Mahalla ijtimoiy xodimi Z.Maqsudova tomonidan amaldagi tartiblar, zarur hujjatlar hamda ijtimoiy reyestrga kiritish mezonlari batafsil tushuntirildi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Bogʻiston mahallasida 53 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, ularga davlat tomonidan belgilangan barcha ijtimoiy yordam turlari ko‘rsatib kelinmoqda.

🗂 Qabul davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son "Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, unda belgilangan talablarni so‘zsiz bajarish zarurligi alohida ta’kidlandi.

📝 Qabul yakunida fuqaroning murojaati yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi hamda masalaning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5