Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Deputatlik nazorati doirasida qurilish ishlari o‘rganildi  

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida Cho‘mishli mahallasidagi 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yahtiyo‘l” qishlog‘ida barpo etilayotgan 120 o‘rinli maktab filiali qurilish maydonida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏗 O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar sifati, qurilish materiallaridan foydalanish holati hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📖 Mazkur qurilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori asosida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida bunyod etilmoqda.

✅ O‘rganish yakunida qurilish va ta’mirlash ishlarining sifatini yanada oshirish, mehnat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish hamda obyektni belgilangan muddatda va sifatli tarzda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini sifatli barpo etish, ta’lim muassasalarida zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5