Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Kengash_faoliyati

#_Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Pardayev tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring o‘tkazildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlatimiz rahbarining yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, san’at, kitobxonlik hamda kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan tadbirlarning amaldagi ijrosini o‘rganish, mavjud holatni tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida tumandagi 3-sonli texnikumida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida rejalashtirilgan faoliyatlarning amaldagi holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, o‘rganish o‘tkazilgan vaqtda mazkur tadbirlar doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan mashg‘ulot va tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan mas’ul xodimlar va o‘quvchilar mavjud.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar tayyorlanib, Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida mazkur masala muhokamasi jarayonida inobatga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 3