Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan holatlar hamda Farg‘ona viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining tegishli xati asosida uy-joy sotib olish uchun ajratilgan ipoteka krediti subsidiyalarining qonunchilik talablariga muvofiqligi masalasi muhokama qilindi.

Muhokama davomida ayrim fuqarolarga berilgan subsidiya xabarnomalari amaldagi mezonlarga zid ravishda rasmiylashtirilgani, shuningdek, qayta o‘rganish natijalariga ko‘ra ayrim fuqarolarga berilgan ijobiy xabarnomalar qonunchilik talablariga to‘liq mos ekani qayd etildi.

Shundan kelib chiqib, komissiya tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda berilgan subsidiya xabarnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish hamda mezonlarga muvofiq ajratilgan subsidiya xabarnomalarini o‘z kuchida qoldirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mutasaddi tashkilotlarga belgilangan tartibda ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5