Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
Mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha Qo‘qon shahar IIB boshlig‘ining 2026-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini muhokama qilishga tayyorgarlik doirasida, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Rasulova tomonidan o‘zi saylangan Charhini ko‘prigi saylov okrugi hududidagi "Charhini ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori F.Dehqonovning faoliyati hamda hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, mahalla raisi A.Rasulov hamda "mahalla yettiligi" a’zolari ishtirokida hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash, jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla hududini videokuzatuv kameralari bilan qamrab olish, mavjud kuzatuv kameralarining texnik holati va samaradorligi, ularning jinoyatchilikning oldini olishdagi ahamiyati o‘rganildi. Hududning xavfsizlik infratuzilmasini yanada mustahkamlash, kuzatuv tizimini kengaytirish hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida jamoat tartibini yanada mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3