Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 martdagi PQ-141-sonli qarori ijrosi doirasida Muzrabot tumanidagi 15 ta mahallada qurilish va infratuzilmani yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar sifatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 16-Sho‘rob saylov okrugidan saylangan deputati Jumaeva Svetlana Petrovna hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xoliqov Bahodir tomonidan "Fidokor" mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida 24-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari ko‘zdan kechirildi. Loyiha uchun 1 milliard 586 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, pudratchi tashkilot "KO‘ChKAK ChINORI" XK hisoblanadi.

Ayni vaqtda binoda ichki va tashqi pardozlash ishlari yakunlangan. Hozirda isitish tizimini o‘rnatish hamda pol qoplamalarini yotqizish ishlari davom etmoqda.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan qurilish ishlarining sifati, belgilangan me’yor va talablarga to‘liq rioya etilishi yuzasidan pudratchi tashkilot mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5