Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 16-Sho‘rob saylov okrugidan saylangan deputat Jumayeva Svetlana tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov bilan hamkorlikda tumandagi “Buyuk ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda hududdagi mavjud holatni o‘rgandi.

O‘rganishlar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida olib borildi. Uchrashuv davomida mahalla “yettiligi” a’zolari bilan hudud aholisini qiynayotgan dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar va hamkorlik rejasi belgilab olindi.

Deputat murojaatlarni doimiy nazoratga olish, ularning ijrosi yuzasidan aholini muntazam xabardor qilib borish hamda mahalla faollari bilan yaqin hamkorlikda ishlash muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, mahalla “yettiligi” xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishish jarayonida ularga so‘nggi yillarda parlament tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati va joylardagi ijrosi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida deputat mahalla hududiga chiqib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qildi va ularning muammolarini joyida o‘rgandi. Aniqlangan masalalar deputatning ko‘chama-ko‘cha o‘rganish jurnaliga qayd etilib, har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5