Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishda doimiy komissiya a'zolari, tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari, tegishli mas'ullar va OAV vakillari ishtirok etdi. Yig'ilishga doimiy komissiya raisi kun tartibidagi masalalar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Majlis kun tartibiga quyidagi muhim masala kiritildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevral kunidagi 78-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumandagi Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish to‘gʻrisida.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Muzrabot tuman bo‘limi boshlig‘i J.Norboyev axborot berdi.

Ma’ruzachi o‘z axborotida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25- fevraldagi “Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7- iyundagi 312-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 78-sonli qarori bilan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilganligi haqida ma’lumot berdi.

Muhokamalar yakunida komissiya a’zolarining takliflari inobatga olingan holda har ikki masala bo‘yicha tegishli qarorlar loyihalari ma’qullandi hamda ularni xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 3