Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Rasulova tomonidan o‘zi saylangan 22-Charhini ko‘prigi saylov okrugi hududidagi "Charhini ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini tinglash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Saylovchilar tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bir qator murojaat hamda takliflar bildirildi. Har bir murojaat belgilangan tartibda o‘rganish va amaliy yechim topish uchun deputat nazoratiga olindi.

Shuningdek, uchrashuvda fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni yanada obod qilish, aholi farovonligini oshirish hamda saylovchilar bilan doimiy va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi hamda murojaatlar ijrosi deputat nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3