Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Bahor mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Bahor mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tasheva Shaxnoza Azamatovna xizmat safarida bo‘lganligi munosabati bilan tasdiqlangan grafik reja asosida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan Bahor mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Zayniddinov Xislat Qurbonovichning xizmat faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibiga rioya etilishi, shuningdek, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish amaliyoti hamda xizmat hujjatlarining yuritilishi amaldagi qonunchilik talablari asosida tahlil qilindi.

Shuningdek, manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarining amalga oshirilishi, ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash tizimi va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida 2026-yil mobaynida mahalla bo‘yicha 56 nafar fuqaro Kambag‘allik reyestriga kiritilgani hamda ularning barchasiga belgilangan tartibda ijtimoiy yordam va moddiy ko‘mak tayinlanganligi aniqlandi. Shuningdek, mahallada 6 nafar yakka yolg‘iz fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularga tasdiqlangan reja asosida biriktirilgan assisentlar tomonidan ijtimoiy xizmatlar muntazam va uzluksiz ravishda ko‘rsatib kelinayotgani o‘z tasdig‘ini topdi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarni yanada samarali tashkil etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib-taomillarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2