Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Huquqbuzarliklar profilaktikasi holati yuzasidan o‘rganish olib borildi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi holati yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyevalar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Qiziriq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotini eshitish masalasi yuzasidan hamda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2016-yil 16-sentabr, O‘RQ–407-son) ijrosini o‘rganish bo‘yicha tayyorlangan savolnoma asosida "Bog‘iston" mahallasiga tashrif buyurdilar.

O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, profilaktika inspektori hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan uchrashuv davomida hududdagi kriminogen vaziyat, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2