Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyevalar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2019-yil 2-sentabr, O‘RQ–561-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida "Gilambob" mahallasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda ijrosi qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4