Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
📢 XORAZMDA O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YERLAR VA BINOLAR QONUNIYLASHTIRILADI!

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdagi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayoni boshlandi.
Huquqlar qanday tartibda e’tirof etiladi?
🏡 Yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalariga — 99 yil muddatga ijara huquqi;
🚜 Boshqa yer uchastkalariga — 49 yil muddatga ijara huquqi;
🏢 Ushbu yerlarda qurilgan bino va inshootlarga — mulk huquqi beriladi.
Mas’ul organlarning vazifalari belgilandi:
1️⃣ Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi — huquqlari e’tirof etilayotgan shaxslarning yer va binolarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
2️⃣ Tuman va shahar hokimlari — yer uchastkalarini ijara olish shartnomalari tuzilishini ta’minlaydi.
3️⃣ Viloyat adliya boshqarmasi — taqdim etilgan hujjatlarning va huquqlarni e’tirof etishning qonuniyligi yuzasidan xulosalar beradi.
📋 Qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatildi.
Yer va mulk huquqini rasmiylashtirish bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun hududiy kadastr idoralariga murojaat qilishingiz mumkin.

Slide 1 of 3