Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 2026-yil 12–15-may kunlariga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, hafta davomida hududlarda bir qator muhim tadbirlar va o‘rganish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 2026-yil 12–15-may kunlariga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, hafta davomida hududlarda bir qator muhim tadbirlar va o‘rganish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.

Jumladan, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishlarini tashkil etish hamda unda tumandagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni shakllantirish, tegishli takliflarni ko‘rib chiqish va sessiyani yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib boriladi.

Hafta davomida deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganishlar tashkil etilib, aholini qiynayotgan muammolar, ijtimoiy soha obyektlari faoliyati, obodonlashtirish, ichimlik suvi, elektr ta’minoti hamda yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq holatlar o‘rganiladi.

Bundan tashqari, mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuvlar va sayyor qabullar tashkil etilib, murojaatlar yuzasidan amaliy choralar ko‘riladi. “Mahalla yettiligi” faoliyati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ham deputatlar tomonidan nazorat tartibida o‘rganiladi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli ташкилотларга deputatlik so‘rovlari va tavsiyalar kiritish, shuningdek, Kengash faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish belgilangan.

Mazkur ish reja asosida Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettiriladi.

#ish_reja


Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook