Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar yakunlari tahlil qilinib, kelgusi haftada bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Yig‘ilish avvalida kuni kecha bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi yakunlari yuzasidan axborot tinglandi. Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar ijrosi, qabul qilingan qarorlarning amaliyotga tatbiq etilishi hamda ularning hududlarni rivojlantirishdagi ahamiyati xususida fikr almashildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalari, aniqlangan muammolar hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

Yig‘ilish davomida Kengash faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, joylarda mavjud muammolarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlarda sayyor uchrashuvlar va o‘rganishlarni yanada faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida yangi hafta davomida amalga oshiriladigan deputatlik nazorati tadbirlari, fuqarolar bilan uchrashuvlarni belgilangan reja asosida tashkil etish hamda kelib tushgan murojaatlarning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3