Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Yangi bogʻ mahalla fuqarolar yigʻinida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar deputatga biriktirilgan 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–371) talablari asosida olib borildi. Jarayonda mahallada jinoyatchilik holati, sodir etilgan huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla faollari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda mahallada xavfsiz va osoyishta muhitni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4