Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 17-Xo‘jayuz saylov okrugidan saylangan deputat O‘. Tangirov tomonidan saylov okrugidagi Xo‘jayuz mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 17-Xo‘jayuz saylov okrugidan saylangan deputat O‘. Tangirov tomonidan saylov okrugidagi Xo‘jayuz mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda mahalla profilaktika inspektori ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-764-son, 2022-yil 15-aprel) mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Jumladan, mazkur qonun axborot makonida xavfsizlikni ta’minlash, kiberhujumlarning oldini olish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda davlat va jamiyat manfaatlarini raqamli tahdidlardan asrashga qaratilgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqarolarga internet tarmog‘idan foydalanishda ehtiyot choralariga amal qilish, shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslik, turli firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish zarurligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kiberxavfsizlik sohasida huquqiy bilimlarini oshirish muhimligi qayd etildi.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 4