Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 6-“Tog‘” saylov okrugidan saylangan deputati, Uchquduq tumani hokimi U.Yelmuratov tomonidan yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarning fikr va takliflarini bevosita tinglash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda mavjud masalalarga amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan bandlikni ta’minlash, kasb-hunar va oliy ta’lim, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar, uy-joy masalalari, sport va madaniyat yo‘nalishidagi sharoitlarni yanada yaxshilash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan qator taklif va murojaatlar bildirildi.

Tuman hokimi har bir murojaatni alohida tinglab, ularning mazmun-mohiyatiga to‘xtaldi hamda tegishli masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish va izohlar berdi. O‘z yechimini kutayotgan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida tumanda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, kasb egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda iqtidorini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot samimiy va ochiq ruhda o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Bunday uchrashuvlar aholining, ayniqsa, yoshlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝Yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi bunday ochiq muloqotlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5