Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya aʼzolari tomonidan oʻrganish olib borildi
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri G'.Xo'jamqulov hamda Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya aʼzolari tomonidan Dehqonobod tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi OʻRQ–397-son Qonuni ijrosi yuzasidan oʻrganish olib borildi.

Oʻrganish davomida mazkur Qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, hududda epizootik osoyishtalikni taʼminlash, hayvonlar sogʻligʻini muhofaza qilish, profilaktik emlash tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish hamda chorvachilik subyektlariga koʻrsatilayotgan veterinariya xizmatlarining sifati yuzasidan batafsil maʼlumotlar tinglandi.

Shuningdek, doimiy komissiya aʼzolari tomonidan soha faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida bir qator muhim savollar oʻrtaga tashlandi.

🔹 Tuman hududida hayvonlarning yuqumli kasalliklari profilaktikasi boʻyicha emlash tadbirlari toʻliq qamrab olinayaptimi?

Boʻlim boshligʻi tomonidan barcha mahallalarda tasdiqlangan reja asosida profilaktik emlash ishlari muntazam olib borilayotgani, zarur biologik vositalar bilan taʼminlangan holda kasalliklarning oldini olish boʻyicha tizimli choralar koʻrilayotgani maʼlum qilindi.
🔹 Aholi va chorvadorlarga veterinariya xizmatlarini koʻrsatishda qanday muammolar mavjud hamda ularni bartaraf etish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Boʻlim rahbari tomonidan hududlarda veterinariya xizmati sifatini oshirish, mutaxassislar faoliyatini kuchaytirish, chorvadorlar bilan tushuntirish ishlarini kengaytirish hamda murojaatlar asosida tezkor xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgani taʼkidlandi.
🔹 Qarovsiz hayvonlar, kasalliklarning oldini olish va sanitariya talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qay darajada yoʻlga qoʻyilgan?

Mazkur yoʻnalishda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muntazam reydlar oʻtkazilayotgani, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar koʻrilayotgani hamda veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etilishi doimiy nazorat ostida ekani qayd etildi.

Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan sohada mavjud ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, Qonun talablarining toʻliq va sifatli ijrosini taʼminlash, veterinariya xizmatlari samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi tomonidan Qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 3