Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi

19-Istiqbol saylov okrugi deputati D. Hayitova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Panjiyev tomonidan mahallada ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sifatli tashkil etish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va bir martalik moddiy yordamlarni tayinlash jarayonlarining qonunchilik talablariga muvofiqligi, shaffofligi hamda fuqarolar uchun qulaylik yaratish darajasi tahlil qilindi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, fuqarolarga tezkor va samarali yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Mazkur o‘rganishlar mahallalarda ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, aholining ijtimoiy barqarorligini ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2