Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Senat Raisi Surxondaryo viloyatida sanoat va farmatsevtika sohasidagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi

Oʻrganishlar davomida sanoatni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalarga alohida eʼtibor qaratildi. Dastlab Senat Raisi Muzrabot tumanida joylashgan “Surxon KSP Grand” MCHJda ishlab chiqarilayotgan qamishdan mebelchilik klasteri hamda laminatlangan DSP plitalarini tayyorlash loyihasini koʻzdan kechirdi.

💬Mazkur loyiha mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi. Korxonada zamonaviy texnologiyalar joriy etilgan boʻlib, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilmoqda.

💬Korxonada qamish xomashyosidan DSP plitalari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Hozirda ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida laminatlangan DSP plitalarini tayyorlash oʻzlashtirilmoqda. Buning uchun zamonaviy texnologik uskunalar oʻrnatish ishlari davom etmoqda.

💬Shundan soʻng ishchi guruh Termiz shahrida barpo etilayotgan dori vositalari va inyeksiya preparatlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

🟢Loyiha farmatsevtika sanoati imkoniyatlarini kengaytirish, aholini sifatli dori vositalari bilan taʼminlash, eksport hajmini oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Ushbu loyiha Hindistonning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri boʻlgan “Nova Pharm” ishtirokida amalga oshirilmoqda. Kompaniya GMP xalqaro standartlari asosida dori vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha katta tajribaga ega boʻlib, mamlakatimizda bir qator investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarmoqda.

💬Oʻrganishlar yakunida investitsiya loyihalarining amaliy samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini yuksaltirish hamda loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 9