Paxtakor mahallasidagi yer osti yong'in suv gidrantlari holati o'rganildi
🗂 O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-310-son qarori hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III-28-40-14-202-K/26-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Paxtakor mahallasi hududida joylashgan yer osti yong'in suv gidrantlari texnik holati o'rganildi.
⚙️ O'rganish ishlari davomida Mergancha ko'chasidagi 10 ta, 4-tor Mergancha ko'chasidagi 4 ta hamda Rafiq Darvoz ko'chasidagi 5 ta yer osti yong'in suv gidrantlari ko'zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida Rafiq Darvoz ko'chasi 4-uy oldida joylashgan yer osti gidrantini aniqlashning imkoni bo'lmadi.
📊 O'rganish natijalariga ko'ra, mavjud 18 ta yer osti yong'in suv gidranti soz holatda ekani aniqlandi. Mazkur gidrantlarning ishchi holatda ekani favqulodda vaziyatlar, xususan yong'in sodir bo'lgan holatlarda tezkor choralar ko'rish va yong'inni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 O'rganish tadbirida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston ekologik partiyasidan saylangan "4-Qor yog'di" okrugi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ham qatnashib, gidrantlarning texnik holati va ularni doimiy nazorat qilib borish zarurligini ta'kidladi.
🔼 Kelgusida ham hududdagi yong'in xavfsizligini ta'minlash, yer osti yong'in suv gidrantlarini muntazam nazoratdan o'tkazish hamda ularning soz holatini saqlash bo'yicha tegishli ishlar izchil davom ettiriladi.