Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA YETAKCHILAR KO‘CHASI INFRATUZILMASI O‘RGANILDI
SOG‘LIKNI SAQLASH HOLATI O‘RGANILDI

SOG‘LIKNI SAQLASH HOLATI O‘RGANILDI

Хalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri J. Hamroyev hamda xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari J. Hafizov va B. Umarov Navoiy shahridagi 2-son oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy jihozlarning holati hamda dori-darmon ta'minoti o‘rganildi.

Shuningdek, qabul bo‘limi, oilaviy shifokorlar xonalari, laboratoriya, diagnostika va profilaktika bo‘limlari faoliyati ko‘zdan kechirildi. Tibbiyot xodimlari bilan suhbat davomida xizmat ko‘rsatish jarayonida uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud ehtiyojlar muhokama qilindi.

Deputatlar fuqarolar uchun yaratilgan kutish joylari, sanitariya-gigiyena holati, navbatlarni tashkil etish tizimi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e'tibor qaratdilar.

Muassasaga murojaat qilgan fuqarolar bilan ham muloqot o‘tkazilib, ularning tibbiy xizmat sifati bo‘yicha fikr va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida poliklinika faoliyatini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 8