Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi

Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi: mas'ullar hisobotlari va istiqbolli rejalar

Bugun Nurafshon shahri hayotida muhim o‘rin tutuvchi Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar tomonidan shaharning bugungi holati, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.

✔️Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida shahar prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

✔️Shuningdek, 2026-yilning I-choragi davomida hududda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida bajarilgan amaliy ishlar va istiqboldagi rejalar xususida shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A.Yuldashevning hisoboti tinglanib, mazkur yo‘nalishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham belgilab olindi.

✔️Shuningdek, shahar hokimligi va shahar korxona va tashkilotlarida topshiriqlar ijro holati ko‘rib chiqildi. Aholi takliflari asosida shakllangan loyihalarni moliyalashtirish, ularning ichidan eng dolzarblarini tanlab olish jarayonlari ham muhokama markazida bo‘ldi.

✔️Ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar hisobot berdi. Bundan tashqari, shahar tibbiyot birlashmasining joriy yil birinchi choragidagi faoliyati ham ko‘rib chiqildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi hamda bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, hududni yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 5