Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Sport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi doirasida mahallalarda bolalar va yoshlar uchun sport infratuzilmasini rivojlantirish, sport maydonchalari hamda ularga tutash hududlarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🗂 Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosini ta'minlash hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 3-apreldagi III-27-29-14-202-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Manzilli dasturning ijrosi doirasida amalga oshirildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zbekiston "Adolat" SDPdan saylangan "5-O'tkir" okrugi deputati Ibrohimjon Abdullayev, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, bosh mutaxassis Umidbek Abilov hamda "mahalla yettiligi" a'zolari ishtirok etdi.

🕯 Joyiga chiqib o‘rganish davomida O‘tkir mahallasi, Taqachi ko‘chasi, 28-uy hududida barpo etilishi rejalashtirilgan bolalar sport maydonchasi, unga olib boruvchi piyodalar yo‘laklari hamda asfalt qoplamasi yotqizilishi ko‘zda tutilgan hududlar ko‘zdan kechirildi.

📝 Loyiha doirasida hududni obodonlashtirish, bolalar va yoshlar uchun zamonaviy hamda xavfsiz sport maydonchasini barpo etish, piyodalar harakati uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mas'ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

🗣 Ta'kidlanganidek, mazkur ishlar mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6