Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 22-Obod saylov okrugidan saylangan deputati Ismoilxon Murodov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi H. Sharipov tomonidan Do‘stlik mahallasida faoliyat yuritayotgan 41- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ–595-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi. 👨‍💼 O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilarga sifatli ta’lim va tarbiya berish, ularning intellektual, jismoniy hamda ma’naviy rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, muassasalarda bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta’minlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va ovqatlantirish tizimi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, pedagog xodimlarning faoliyati hamda mashg‘ulotlarning davlat ta’lim standartlari asosida olib borilishi holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida guruh xonalari, o‘quv va o‘yin maydonchalari, moddiy-texnik baza, o‘quv-metodik ta’minot, tarbiyalanuvchilarning davomat ko‘rsatkichlari hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 22-Obod saylov okrugidan saylangan deputati Ismoilxon Murodov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi H. Sharipov tomonidan Do‘stlik mahallasida faoliyat yuritayotgan 41- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ–595-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

👨‍💼 O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilarga sifatli ta’lim va tarbiya berish, ularning intellektual, jismoniy hamda ma’naviy rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, muassasalarda bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta’minlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va ovqatlantirish tizimi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, pedagog xodimlarning faoliyati hamda mashg‘ulotlarning davlat ta’lim standartlari asosida olib borilishi holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida guruh xonalari, o‘quv va o‘yin maydonchalari, moddiy-texnik baza, o‘quv-metodik ta’minot, tarbiyalanuvchilarning davomat ko‘rsatkichlari hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Slide 1 of 4