Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Deputat so‘rovi orqali piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi ko‘tarildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G.Jabborova tomonidan “Sho‘robod” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
➡️Jumladan, Arabxona qishlog‘i aholisi tomonidan M-37 davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining himoya qismidan 5-maktab hududigacha bo‘lgan piyodalar yo‘lagi to‘liq emasligi, xususan, Arabxona qishlog‘iga kirish qismidan piyodalar yo‘lagigacha bo‘lgan 210 metr masofada piyodalar yo‘lagi mavjud emasligi sababli maktab o‘quvchilari va piyodalar harakati uchun noqulay hamda xavfli vaziyat yuzaga kelayotgani bildirildi.
➡️Mazkur murojaatni ijobiy hal etish, piyodalar, ayniqsa maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida deputat G.Jabborova tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari X.Bafoyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
➡️Deputatlik nazorati doirasida ushbu murojaat ijrosi nazoratga olinib, muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Slide 1 of 1